22:03 / 17.11.2015
28652

Chevrolet Captiva krossoveri yangilandi

Chevrolet kompaniyasi yangilangan Captiva krossoverini namoyish qildi. Restayling qilingan model 2016 yil yanvaridan sotuvga chiqariladi. Rossiyada ushbu kompaniyaning ommaviy modellari, xususan “Captiva” boshqa sotilmaydi.

Yangi modelda kuzovning oldi qismi deyarli to‘liq o‘zgartirildi. Bamper, bosh yorug‘lik chiroqlari, falshradiator panjarasi ham o‘zgarishga uchradi. Bosh yorug‘lik chiroqlari yorug‘lik-diodli yurish chiroqlari bo‘linmasi bilan jihozlandi. Bundan tashqari, emblemalarning o‘rni ham o‘zgardi.

Yangilangan “Captiva” yangi MyLink multimedia tizimi bilan ta'minlandi. U iOS’da ishlovchi smartfonlarning avtomobilning Apple CarPlay ko‘ngilochar majmuasi va Siri Eyes Free ovozli boshqaruvi bilan integratsiyalashuv funksiyasini oldi.

Krossover yangi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlandi. Ushbu tizimlarga orqani ko‘rsatuvchi yon oynalarga ko‘rinmaydigan hududlar hamda orqaga yurganda perpendikulyar yo‘nalishda yaqinlashayotgan mashinalarni kuzatish tizimi kiradi. Ikkala funksiya ham orqa bamperda o‘rnatilgan radarlar yordamida ishlaydi.

Yo‘ltanlamasning intererida yangi rul chambari va ko‘rinishi o‘zgargan markaziy konsol paydo bo‘ldi.

 

Chevrolet Captiva motor gammasida o‘zgarishlar bo‘lmadi. Model birinchi marta namoyish qilingan BAAda 2,4 litrli 4 silindrli, 167 ot kuchi va 230 Nm aylantirish lahzasini beruvchi dvigatel bilan taklif qilinadi. Modelda asosiy uzatma o‘zgardi, bu yuqori tezlikda yurishda yonilg‘i sarfini kamaytirishi lozim.

Top