08:33 / 17.11.2015
2373

CNN: Parij teraktlaridan so‘ng AQShning 21 shtati qochqinlarni qabul qilmasligini bildirdi

AQShning 21 shtati gubernatori Parijdagi teraktlar sabab suriyalik qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda CNN.

Ular orasida Ogayo, Illinoys, Indiana, Massachusets, Luiziana, Michigan, Alabama, Arkanzas, Texas, Florida, Kanzas, Oklaxoma, Ayova, Arizona va boshqa shtatlarni uchratish mumkin.

Ma'lum qilishlaricha, bir qator respublikachilar, jumladan, milliarder Donald Tramp, senator Ted Kruz, senator Rend Pollar muhojirlarni AQSh hududiga kiritilishiga rozi bo‘lishmagan.

Top