17:31 / 17.11.2015
3650

Frantsuz politsiyachilari Parij teraktida jangarilar foydalangan yana 2ta avtomobilni topishdi

Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlari vaqtida foydalanilgan avtomobil fransuz politsiyasi tomonidan topildi. iTele telekanali tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, mashina Fransiya poytaxtining shimoliy qismidan topilgan.

«Qora rangdagi Renault Clio, Parijdagi Alber Kan maydonidan topilgan. Undan terrorchilar terakt sodir etishga tayyorgarlik uchun foydalangan bo‘lishi mumkin», — deyiladi RIA «Novosti» xabarida.

14 noyabr kuni politsiya «Bataklan» konsert zalidan uzoq bo‘lmagan hududdan shubha ostida bo‘lgan Volkswagen Polo avtomobilini topib olgandi.

Oldinroq yana bir shubha ostidagi avtomobil topilgan va uning ichdan uch dona Kalashnikov rusumidagi avtomatlar topilgandi.

Top