11:34 / 17.11.2015
3245

Hisobot: 2014 yilda 32,6 ming kishi terroristlar qurboni bo‘ldi

2014 yilda terrorizm qurbonlari soni 80 foizga oshdi. Ushbu ma'lumot Londonning Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) tomonidan 17 noyabrda e'lon qilingan “2015 yilda global terrorizm reytingi”dan o‘rin oldi.

Tadqiqotchilar dunyo aholisining 99,6 foizi istiqomat qilayotgan 162 davlatdagi vaziyatni tahlil qilib chiqishdi. Unga ko‘ra, 2014 yilda jami 32 ming 658 kishi terrorchilar qurboni bo‘lishgan. Bu XXI asr boshidagi ko‘rsatkichlardan o‘n barobar ko‘p demakdir. 2000 yilda terroristlar dunyoda 3 ming 329 kishining umriga zomin bo‘lishgan.

Hisobotda keltirilishicha, Iroq, Nigeriya, Afg‘oniston, Pokiston va Suriyada eng ko‘p qurbonlar berilgan. 2014 yildagi terroristlar qo‘lida halok bo‘lganlarning 78 foizi ular hissasiga to‘g‘ri keladi. Birinchi o‘nlikdan Hindiston, Yaman, Somali, Liviya va Tailand ham o‘rin olgan. 2014 yilda jami 67 mamlakatda bir nafar bo‘lsa ham kishi terroristlar qurboniga aylangan.

Avstriya, Avstraliya, Belgiya, Kanada va Britaniya singari rivojlangan mamlakatlar ham ular safidan joy oldi. Terrorizmdan dun iqtisodiyoti 2014 yilda 52,9 milliard dollar ziyon ko‘rgan. O‘tgan yilda dunyodagi yirik terroristik tashkilotlar chida Nigeriyadagi “Boko xaram” guruhi qo‘lidan eng ko‘p odam o‘ldirilgan – 6 ming 644 nafar.

Bu 2013 yildagidan 317 foiz ko‘p demakdir. IShID jangarilari uyushtirgan teraktlar natijasida Yaqin Sharqda 6 ming 73 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ayni paytda, hujjatda keltirilishicha, IShID Iroq va Suriyadagi eng kamida 20 ming kishining o‘limi uchun javobgar hisoblanadi.

Top