21:48 / 17.11.2015
3398

Korxona va shifoxona mablag‘larini o‘zlashtirgan ikki rahbar qonuniy jazoga tortildi

Qarshi shahridagi “Shamshod Ishonch Baraka” xususiy korxonasi direktori Saidqul Shayev va temir yo‘l shifoxonasi bosh shifokori Abdizoir O‘rinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining bir yo‘la ikki moddasi bilan aybdor deb topilib, qonuniy jazoga tortildilar. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ular til biriktirgan holda turli noqonuniy moliyaviy operatsiyalar olib borib, korxona va shifoxona mablag‘larini o‘zlashtirishgan. Bu daromadlar hujjatlarda aks etmagan. Sud davlat manfaatlariga yetkazilgan zararning 50 mln so‘mlik qismini aniqlay oldi.

Top