23:43 / 17.11.2015
3199

Marg‘ilonda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Joriy yil yakunlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 23 ta obekt, jumladan, bitta musiqa va san'at maktabi qurib bitkazilish ishlari davom etmoqda.

Bu maqsadlarga jamg‘arma hisobidan qariyb 21 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mana shu ishlar doirasida Marg‘ilon shahrida Bolalar va o‘smirlar sport majmuasi foydalanish uchun yoshlarga topshirildi.

Yangidan qurilgan va o‘z faoliyatini boshlayotgan sport majmuasida esa yopiq sportzal, tennis maydonchalari, 5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yashil futbol maydoni, yugurish yo‘laklarida bir vaqtning o‘zida sportning 11 yo‘nalishida 532 nafar bolalar muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega.

Top