00:39 / 17.11.2015
3164

NATO bosh kotibi: jahonda mudofaa tizimiga investitsiya kiritish fursati yetdi

Barqaror va tinch dunyo vaqti o‘tdi, endi mudofaa sohasiga investitsiya olib kirish vaqti yetdi, deb ta'kidlab o‘tdi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Yevropa mudofaa agentligi anjumanidagi chiqishi paytida.

"Yevropa Ittifoqi va NATO bu borada o‘zaro hamkorlikda ish olib borishlari kerak. NATO harbiy, Yevroittifoq esa iqtisodiy va sanoat sohasidagi imkoniyatlarini namoyish etishi lozim", - dedi Stoltenberg.

"Bugun bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni musulmon dunyosi va G‘arb o‘rtasidagi kurash emas, balki ekstremistlarga qarshi kurash, deb tushunmoq kerak. Musulmonlar bu kurashlarning old marralarida turibdi, ayniqsa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada”, - deb ta'kidlab o‘tdi NATO bosh kotibi.

Top