08:37 / 17.11.2015
5038

OAV: Charli Shin OITV tufayli sobiq ma'shuqalariga muntazam ravishda pul berib qutulib kelgan

AQShlik aktyor Charli Shin o‘zining OITV-musbat mavqei haqida bilgan va o‘zining sobiq ma'shuqalaridan bir necha bor sudga da'volar berish tahdidi olgan, deb xabar bermoqda o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda TMZ nashri.

Ta'kidlanishicha, aktyor o‘zida OITV (odam immun tanqisligi virusi) borligini bilgan va bu haqda bir necha yaqin do‘stlariga aytgan. Shundan keyin uning kasalligi haqida axborot tarqab ketgan.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, bu holat Shin o‘zining kasalligi haqida ogohlantirmagani uchun uni sudga berish bilan tahdid qilgan sobiq ma'shuqalariga tavon puli berishiga olib kelgan.

Bunday voqealardan oxirgilaridan biri 2015 yilning oktabrida yuz berdi.

Avvalroq Charli Shin o‘zining kasalligini e'lon qilishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Top