19:00 / 17.11.2015
5160

OAV: Rossiya O‘rta Yer dengizidan qanotli raketalar bilan Rakkaga zarbalar berdi

Rossiya O‘rta Yer dengizidagi kemalaridan dagi jangarilar pozitsiyalariga qanotli raketalar bilan zarbalar berdi, deb yozmoqda Le Monde nashri. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, bu 17 noyabr ertalab amalga oshirilgan.

Avvalroq Fransiya aviatsiyasi Suriyaning Rakka shahri yaqinidagi IShID pozitsiyalariga aviazarbalar bergani ma'lum qilingandi. Harbiylarning xabar berishicha, zarbalar qo‘mondonlik markazi va jihodchilarni yollash markazining yakson qilinishiga olib keldi. Zarbalar BAA va Iordaniyadan havoga ko‘tarilgan 10 ta bombardimonchi tomonidan berilgan.

 

Top