13:57 / 17.11.2015
8731

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Italiya hukumati tomonidan mukofotlandi

O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Italiya respublikasining  "Italiya yulduzi" davlat ordeni bilan mukofotlandi. Orden Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifi bilan taqdim etildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o‘z Facebook sahifasida ma'lum qildi

Ma'lumot uchun, ushbu orden Italiya hamda xorij fuqarolariga Italiya va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirgan shaxslarga topshiriladi. 

Top