23:30 / 17.11.2015
6237

O‘zbekiston terma jamoasi Yaman ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

JCh-2018 saralashining guruh bosqich 8-tur uchrashuvi doirasida Qatarning Doha shahrida Yaman hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar 1:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. 

Uchrashuvning 8-daqiqasida Aziz Haydarov hisobni ochdi. Hujumlar sonini oshirgan futbolchilarimiz 31-daqiqaga kelib hisobni oshirishdi. Gol muallifi Server Jyeparov.
Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Stanislav Andreyev jamoamizning uchinchi golini urdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Uchrashuv tugallanish arfasida yamanliklar vakili Ahmad al-Sarori bitta javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Samvel babayan shogirdlari navbatdagi uch ochkoga ega bo‘lishdi.

JCh-2018 saralashi, 8-tur
Yaman - O‘zbekiston — 1:3
Gollar: Ahmad al-Sarori (90) — Aziz Haydarov (8), Server Jyeparov (31), Stanislav Andreyev (50).
Yaman: Ayash, Xubayshi, Sasi, Matari (Sarori), Xayfi, Mahdi, Zubayri, Mansur, Alos, Bugshoh, Hamson
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jyev, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov (Musayev, 79), Stanislav Andreyev (Xasanov, 51), Server Jyeparov (Geynrix, 61), Igor Sergeyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashining guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 2016 yilning 23 mart kuni Filippinga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Top