23:50 / 17.11.2015
4620

O‘zbekistonda eksportbop qovunlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi

Urganch tumanining Bekobod qishlog‘ida chet el investitsiyasi ishtirokida “Xorazm qovunlari” mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Shu tariqa vohada yetishtiriladigan qovunlarni zamonaviy usulda qayta ishlab, eksportga jo‘natish imkoniyati yaratildi.

— Qiymati 500 ming AQSh dollarilik texnologiyalarimiz yiliga 300 tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega, — deydi korxona rahbari Sa'dulla Xo‘jayev. — Ushbu ilg‘or uskunalar yordamida po‘chog‘idan ajratib olingan qovun mag‘zi qayta ishlanib, qadoqlanadi va muzlatiladi. Uning urug‘lari esa saralanib, quritilib, kelgusi yil hosili uchun fermer xo‘jaliklariga tarqatiladi. E'tiborlisi, mahsulotlarimizni to‘liq eksportga jo‘natishni rejalashtirayapmiz.

Yana bir muhim jihati, 25 kishining bandligi ta'minlangan korxonaga eksportbop qovun yetishtirish uchun 50 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Bu yerda hosilni sifatli saqlash maqsadida 400 tonna sig‘imga ega muzlatkich ham bunyod etildi.

Top