21:56 / 17.11.2015
4078

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya Suriyaga katta ko‘lamda aviazarbalar berdi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada IShIDga qarshi katta ko‘lamda aviazarbalar berdi, deb ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yig‘ilish paytida Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov.

Gerasimovning aytishicha, 34 ta raketa yordamida terrorchilarning 14 ta punkti yo‘q qilindi.

Bosh shtab boshlig‘ining ta'kidlashicha, Rossiya zarbalar berishdan avval AQShni bundan xabardor qilgan.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, Rossiya harbiy-koinot kuchlarining parvozlari soni ikki barobarga oshirilgan, bu Suriyaning ichkari hududlaridagi IShID jangarilariga kuchli zarbalar berishga imkon beradi.

Top