17 noyabr kuni Saudiya Arabistonning Jidda shahri ko‘chalari kuchli toshqinlari qurshovida qoldi. Bu haqda arabnews.com internet nashri xabar qildi.
Xabarda keltirilishicha, 17 noyabr kuni tongda Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismiga noqulay ob-havo oqimi kirib keldi. Shu munosabat bilan mamlakat Ta'lim vazirligi shaharda maktablarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil muqaddam – 2014 yilning 18 noyabr kuni ham Jidda shahrida kuchli yog‘ingarchiliklar va suv toshqinlari kuzatilgan edi.