07:26 / 17.11.2015
2307

Terror tahdidi tufayli Belgiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Belgiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga yuqori darajadagi terrorizm xavfi mavjudligi sabab bo‘lgan. Belgiya futbol federatsiyasi o‘yin bekor qilinganini rasman tasdiqlagan.

«Biz rahbariyat bilan doimiy aloqada bo‘lib turimbiz, ular bu o‘yinni terrorizm xavfi yuqori bo‘lgani uchun bekor qilishni maslahat berishdi. Biz birinchi navbatda futbolchilar va tomoshabinlar xavfsizligi haqida qayg‘urishimiz kerak», – deb bayonot bergan Belgiya futbol federatsiyasi.

Belgiya – Ispaniya o‘yini 17 noyabr oqshomida, Toshkent vaqti bilan 00.45 da bo‘lib o‘tishi belgilangan edi.

16 noyabr kuni Belgiyada Parijda bo‘lgani kabi teraktlar sodir etilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgan.

Top