22:49 / 17.11.2015
14001

Toshkentda 17 noyabr kuni kechki payt zilzila qayd etildi

Toshkentda 17 noyabr kuni kechki soat 22:31 da kuchsiz zilzila qayd etildi. Zilzila taxminan 30 soniya davom etib turdi.

Toshkent seysmologik stansiyasida ma'lum qilinishicha, zilzila kuchi taxminan 3 ballni tashkil qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila O‘zbekistonning boshqa shaharlari va Qirg‘izistonda ham sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr kuni Afg‘oniston hududida joylashgan Hindikush tog‘larida Toshkent vaqti bilan soat 14:09da 7,5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Yer silkinishi kuchi Hindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk shahriga qadar, shu jumladan O‘zbekistonning katta qismida sezilgan.

«Toshkent» markaziy seysmik stansiyasi axborotiga ko‘ra, zilzila kuchi Afg‘onistonga nisbatan yaqin Termiz shahrida 5,5 magnitudani tashkil etgan, Farg‘ona vodiysida 3—4, Toshkent va Samarqand shaharlarida esa 5 magnitudaga teng bo‘lgan.

Top