07:44 / 17.11.2015
4957

Tramp AQShda masjidlarni yopib qo‘yishni “jiddiy o‘ylab ko‘rishga” chaqirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Donald Tramp AQShda masjidlarni yopib qo‘yish imkoniyati haqida jiddiy o‘ylayotganini aytdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Trampning aytishicha, bu chora Parijdagi teraktlardan keyin kiritilishi mumkin.

“Men buni qilishni istamasdim, biroq masjidlarning yopilishi jiddiy o‘ylashga to‘g‘ri keladigan masaladir”, deb aytdi Tramp intervyu paytida.

Avvalroq Fransiya bosh vaziri Manuel Vals mamlakat qadriyatlariga xavf soluvchi uyushma va masjidlarni yopish kerakligini aytgan edi.

Top