16:00 / 17.11.2015
4278

Tunisda yirik teraktning oldi olindi

Tunis hukumati yirik terrorchilik hujumining bartaraf qilinganini xabar qildi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, qo‘poruvchilik shu oyga rejalashtirilgan edi.

IIV vakili Rafiq Shelining so‘zlariga qaraganda, IShID jangarilari mehmonxona yoki davlat muassasasiga hujum qilishni rejalashtirishgan.
Yacheykaning 17 a'zosi qo‘lga olindi. Ular Liviya va Suriyada tayyorgarlik o‘taganliklari aniqlandi.

Top