18:24 / 17.11.2015
3915

Ukraina bosh prokuraturasi Yanukovich Maydondagilarni kuch bilan quvishga shaxsan buyruq berganini aniqladi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2013 yilning 30 noyabr kechasi Mustaqillik maydonida namoyish o‘tkazayotgan talabalarni kuch bilan quvishga shaxsan buyruq bergan. Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda.

Bosh prokuratura bosh tergov boshqarmasi maxsus taftishlar bo‘limi boshlig‘i Sergey Gorbatyukning so‘zlariga qaraganda, bu buyruqni amalga oshirish mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Vitaliy Zaxarchenko hamda milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati kotibi Andrey Klyuyevga topshirilgan. Ular, o‘z navbatida, ijroni milliy xavfsizlik va mudofaa xizmati kotibi o‘rinbosari Vladimir Sivkovichga, Kiyev militsiyasi rahbari Valeriy Koryak va huquq-tartibot organlari rahbarlaridan biri Aleksandr Popovga topshirishgan.

Militsiya orqali namoyishchilarni quvish “Berkut” maxsus bo‘linmasiga topshirilgan. Bo‘linma bu ishni amalga oshirgan.

Top