20:36 / 17.11.2015
3987

Xitoyning “Tyanxe-2” superkompyuteri ketma-ket oltinchi marotaba dunyoda eng kuchli deb tan olindi

Xitoyning “Tyanxe-2” superkompyuteri gradiyentlar (Kompyuter grafikasida qurish usuli) birikishida yuqori samaradorlik sinovi bo‘yicha TOP 500 xalqaro tashkiloti (HPCG) reytingida ketma-ket oltinchi marotaba birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yangilangan ro‘yxatdan o‘rin olgan Xitoy superkompyuterlari soni qariyb 3 martaga oshdi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

“Tyanxe-2”ning hisoblash tezligi suzuvchi nuqtalarni hisobga olganda soniyasiga 33860 trillion amaliyotni tashkil etadi. Amerikaning Titan kompyuteri esa ikkinchi o‘rinni band qildi, uning yordamida suzuvchi nuqtalar bilan hisoblaganda 17590 operatsiyani bajarish mumkin. Uchinchidan beshinchi o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarni Sequoia (AQSh), K Computer (Yaponiya) va Mira (AQSh) egalladi. Mazkur superkompyuterlar ro‘yxati 2013 yilning iyun oyidan buyon o‘zgargani yo‘q.

Yarim yil muqaddam Xitoyning 37ta kompyuteri mazkur ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa, navbatdagi yangilanishda ular soni 109taga qadar oshdi. Yevropa mamlakatlari hissasiga esa 107ta hisoblash mashinasi to‘g‘ri keladi.

Top