09:58 / 17.11.2015
3661

"Xorazm Teks" yengil sanoat majmuasida 200dan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi

Bog‘ot tumanida ish boshlagan “Xorazm Teks” yengil sanoat majmuasida 200 nafardan ziyod ishchi qabul qilindi. Ularning asosiy qismini kasb – hunar kollejlarini bitiruvchilari tashkil etadi.

Korxonada 2015 yilning yanvar – iyul oylarida bir yarim ming tonna paxta tolasi qayta ishlanib, bir ming ikki yuz tonna yoki bir million dollarlikdan ortiq ip – kalava chet ellarga eksport qilingan. Bu haqda viloyat hokimligining axborot xizmatiga asoslanib, "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

"Bugun korxonada ikkinchi bosqichda o‘rnatiladigan dastgoh va uskunalarni olib kelish bo‘yicha tadbirlari amalga oshirilmoqda", deyiladi xabarda.

Top