21:29 / 17.11.2015
4726

Yaman-O‘zbekiston: 0:2 (1- bo‘limdan so‘ng), Aziz Haydarov terma jamoa tarkibidagi ilk golini kiritdi

Qatarda JCh-2018 saralashi doirasida O‘zbekiston va Yaman terma jamoalari bahs olib bormoqda. Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda terma jamomiz a'zolari raqib darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritdi – Aziz Haydarov 8-, Server Jyeparov 31-daqiqada gol urdi.

Ta'kidlash joizki, terma jamoa safida 73-uchrashuvini o‘tkazayotgan Aziz Haydarov o‘zining ilk golini kiritdi.

Birinchi bo‘lim O‘zbekiston milliy terma jamoasining to‘liq ustunligi ostida o‘tdi.

Top