10:17 / 18.11.2015
2915

AQSh O‘rta Yer dengizidagi aviatashuvchidan IShID marralariga zarbalar berishi mumkin

Yadroli quvvat qurilmasiga ega USS Harry S. Truman aviatashuvchisi IShID terroristlariga qarshi kurashda ishtirok etish uchun Yaqin Sharq tomon harakatlanmoqda, deya xabar berdi Defence News.

Kema Fors ko‘rfaziga dekabr oyining o‘rtalarida kirib boradi. Ayni paytda amaldorlar aviatashuvchining jangarilarga zarbalar berish uchun O‘rta Yer dengizi sharqiga joylashtirilishi masalasini muhokama qilmoqda.

Pentagondagi axborot manbasining ma'lum qilishicha, kema mintaqada bir necha kun qolishi mumkin.

Top