09:34 / 18.11.2015
4669

Bentley kompaniyasi Bentayga ning birinchi maxsus versiyasini namoyish etdi

Bentley kompaniyasi Bentayga yo‘l tanlamasining First Edition deb nom olgan birinchi maxsus versiyasini taqdim etdi.

Yo‘ltanlamas kuzovida Britaniya bayrog‘i tushirilgan logotip hamda 22 dyuymli alyumin bilan qoplangan g‘ildirak diskiga ega bo‘ldi.

Bentley Bentayga olti litrli W12 tvin-turbo motori bilan jihozlangan. U 608 ot kuchiga ega. Dvigatel ZF kompaniyasi taqdim etgan “oltitalik” avtomat uzaytirgichga ega. Yo‘ltanlamas ilk “yuztalik”ka 4,1 soniya vaqt oralig‘ida erishadi. Uning maksimal tezligi soatiga 301 km ni tashkil etadi.

Bentayga First Edition yo‘ltanlamasining adadi cheklangan bo‘lib, 608 nusxada chiqarilgan. Uning birinchi xaridori Britaniya qirolichasi Yelizavete II bo‘ldi. Ma'lum qilishganlaridek, maxsus versiyaning narxi 229 ming funt sterlingdan (355 ming dollar) boshlanadi. Ayni damda barcha avtomobillar sotilgan.

Top