12:32 / 18.11.2015
5452

Botir Qodirov “Sabrning farzandiman” nomli kitob ustida ish olib bormoqda

Yaqin kunlarda o‘zining yakkaxon konsert dasturini muxlislarga xavola etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Botir Qodirov “Sabrning farzandiman” deb nomlangan avtobiografik asar ustida ham ish olib bormoqda.

Hammualliflikda tayyorlanayotgan mazkur kitobda asosan Botir Qodirovning bolalik va o‘smirlik yillari, marhum onasi bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan. Shuningdek, unda xonandaning shaxsiy hayotiga oid hali hech qayerda e'lon qilinmagan ma'lumotlar, bolalik va o‘smirlik vaqtida tushgan suratlari chop qilingan.

100 betli kitob san'atkorning yakkaxon konserti arafasida muxlislarga taqdim etilishi kutilmoqda.

Top