11:05 / 18.11.2015
3043

Sharli Shinga nisbatan bir kunda oltita da'vo ilgari surildi

Amerikalik taniqli aktyor Sharli Shin o‘zining OIVga chalinganini so‘zlab berganidan so‘ng bir kunning o‘zida eng kamida olti ayol unga nisbatan da'vo arizasi bilan yuristlarga murojaat qildi, deya xabar bermoqda TMZ.

Los-Anjyelesdagi taniqli advokatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, uning o‘ziga olti nafar ayol murojaat qilgan, yana to‘rt nafari yaqin kunlarda u bilan uchrashishni rejalashtirgan. Ayollarning aytishicha, o‘tgan oyda himoyalangan va himoyalanmagan holatda aktyor bilan jinsiy munosabatda bo‘lishgan, aktyor esa OIVga chalinganini ulardan yashirgan.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, aktyor shu vaqtga qadar 5 ming nafarga yaqin jinsiy sheriklar bilan munosabatda bo‘lgan.

Sharli Shinning o‘zi kasalligi to‘g‘risida to‘rt yil muqaddam xabar topgan.

Top