19:54 / 18.11.2015
2994

Yekaterinburglik sud orqali buzilgan iPhone uchun Apple’dan 113 ming rubl undira oldi

Yekaterinburglik 2014 yil dekabrda sotib olgan, bzuzilgan iPhone smartfoni uchun sud orqali Apple’dan AQSh dollari kursining o‘sishi natijasida narxdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda pul undira oldi, deb xabar bermoqda Ye1.RU portali.

Da'vo beruvchi smartfonni Aprle Store’da bir yil avval sotib olgan. iPhone 6 uch oy me'yorda ishlagandan keyin osilib, o‘chib qola boshlagan va oxir-oqibat umuman o‘chib qolgan. Xizmat ko‘rsatish markazida qurilmaning nosozligini tan olishgan. Xaridor yangi model sotib olish uchun pullarning qaytirilib berilishin talab qildi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Apple telefonning narxidagi pulni 17 ming farq bilan to‘lashi kerak edi, biroq bu kompaniyani qoniqtirmadi. Natijada Yekaterinburgning Kirov tuman sudi telefonning dastlabki narxi, yangi va eski narx o‘rtasidagi farq, jarimani to‘lashni belgiladi. Undiriladigan pul qiymati 113 ming rubldan oshiqroqni tashkil qilgan.

Top