10:24 / 18.11.2015
3657

GQ: Obama Trampga raqiblik qilishdan xursand bo‘lishini aytdi

GQ erkaklar jurnaliga intervyu bergan AQSh prezidenti Barak Obama kelgusi saylovlarda milliarder Donald Trampga raqobatlik qilishdan xursan bo‘lishini, biroq qonun ketma-ket uchinchi muddatga mazkur lavozimga kirisha olmasligini aytib o‘tdi.

“Trampga qarshi kampaniyada ishtirok etish meni quvontirar edi. Juda quvnoq bo‘lar edi”, - deya javob berdi Obama shu haqdagi savolga.
Undan, shuningdek, ommabop “Taxtlar o‘yini” serialidagi qaysi qahramonni Tramp bilan solishtirishi haqida ham so‘rashdi.
“O‘ylaymanki, ularning birortasi ham bunday darajaga chiqa olmagan”, - deya hazillashdi prezident.

Intervyuda Obama o‘z oilasi, basketbol va sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan so‘ng sigaretni tashlashi to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik lavozimidan ketganidan so‘ng yo‘qotishi mumkin bo‘lgan asosiy narsa istagan vaqtda xohlagan tomonga uchish qulay bo‘lgan Air Force One samolyotidan foydalanish imkoniya ekanini aytib o‘tdi.

Top