22:03 / 18.11.2015
18225

IShID jangarilari Parijdagi teraktdan keyin "bayram qilishdi"

IShID o‘zining internetdagi manzillarida yana bir videolavhani joylashtirdi. Bu videoda jangarilar Parijdagi teraktlardan keyin xursandchilik qilishgani va kelgusida yanada asoratli qirg‘inbarotlar uyushtirish bilan tahdid qilishgani ko‘rsatilgan.

The Independent nashrida yozilishicha, bu videorolik 2 nafar jangari tomonidan ishlangan. Ular fransuz tilida o‘zlarining ayni vaqtda (Parij teraktlaridan keyin - kun.uz izohi) qanday hissiyotlar og‘ushida ekanliklari haqida gapirishadi.

Rolikda shuningdek, Parijdagi qonli voqealar: otishmalar va "Bataklan fojiasi" tasvirlari o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, ushbu rolikda teraktlardan keyingi kunda Respublika maydonida navbatdagi portlash haqidagi xabardan (Keyinchalik odamlarda vahima uyg‘otgan bu xabar petarda ovozi tufayli kelib chiqqani ma'lum bo‘ldi) keyin odamlarning to‘rt tarafga yugurishi holati ham aks etgan.

Biroz oldinroq, Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya hamda AQSh bilan hamkorlikda IShIDga qarshi katta koalitsiya tuzilishi haqida aytgani xabar qilingandi.

Top