17:19 / 18.11.2015
5432

Jirinovskiy terrorchilarni katakli muzeylarda namoyish etishni taklif qildi

Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy “Russkaya slujba novostey” radiostansiyasi efirida qo‘lga tushgan terrorchilarni katakli muzeylarga joylashtirishni taklif qildi.

“Agar ularni katakli muzeylarda saqlansa, maktab o‘quvchilarini olib kelib, mana bunisi bunchadir odamni o‘ldirdi, terakt sodir etdi, deb ko‘rsatsa bo‘ladi. Ular insonlarning nafratlarini ko‘ra bilishlari uchun, qarindoshlari ularning azoblarini ko‘rishlari uchun.

Shunda qo‘shni oila o‘ylab ko‘radi – balki uning uyida ham terrorchi ulg‘ayotgandir”, - dedi u.
Jirinovskiyning fikricha, jangarilarni hatto kataklari bilan birga mamlakat bo‘ylab aylantirish va barchaga ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Top