00:47 / 18.11.2015
2867

Kiyev politsiyasi Kiyevdagi barcha McDonalds restoranlaridan bombalar qidirmoqda

Kiyev politsiyasiga Kiyevdagi barcha McDonald's restoranlari minalashtirilgani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda “112 Ukraina” telekanali.

“Barchasi 3 soat avval noma'lum shaxs politsiyaga telefon qilib, Borshagovkadagi restoran minalashtirilganini, bir soatdan keyin “Chernigovskaya” va “Gidropark” metro stansiyalari ham minalashtirilganini ma'lum qilgan. Kiyev metropoliteni matbuot xizmatida aytilishicha, stansiyalarda qidiruvlar o‘tkazilgan va hech qanday shubhali buyumlar topilmagan. Metro ishchi tartibda ishlamoqda”, deb ma'lum qildi telekanal muxbiri.

Shaharning turli tumanlaridan McDonald's’dan odamlar evakuatsiya qilinayotgani haqidagi xabarlar tushmoqda. Hammasi bo‘lib shaharda ushbu restoranlar tarmog‘ining 20 taga yaqin shoxobchasi mavjud.

Top