15:15 / 18.11.2015
2549

OAV: “Real” futbolchilari Benitesdan “Barselona” bilan o‘yinda himoyaviy taktika tanlamaslikni so‘rashmoqchi

“Real” futbolchilari o‘z murabbiylari Rafael Benites bilan Ispaniya Primerasining navbatdagi turida “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv taktikasini muhokama qilib olishadi.

Radio Marca nashrida yozilishicha, futbolchilar Benitesni odatiy taktik sxemadan voz kechish va kataloniyaliklar bilan bahsda hujumkor uslubda o‘ynashga ko‘ndirishmoqchi.

"Qirollik klubi" futbolchilarining fikricha, "Barselona"ga qarshi bahsda himoyaviy o‘yin ko‘rsatib bo‘lmaydi. Jamoa yetakchilari Serxio Ramos, Marselo va Krishtianu Ronaldu bu borada Benites bilan suhbatlashishdi. Ular Benitesni boshqa o‘yin tanlashga majbur qilmoqchi emas, balki maslahat berish niyatida", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top