10:59 / 18.11.2015
5557

OAV: G20 sammiti AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Kuchli yigirmalik” sammiti AQSh va RF o‘rtasidagi munosabatlarda muhim burilish yasadi. Endilikda ular qarama-qarshilikdan o‘zaro hamkorlik yo‘liga o‘tishlari aniq bo‘lmoqda. CNN kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, A321 halokati ma'lum ma'noda ularning sa'y-harakatlarini birlashtirdi.

Eslatib o‘tilishicha, Rossiya samolyotining halokati uchun IShID guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Seshanba kuni Moskva ham buning terakt bo‘lganini tasdiqladi. Shundan so‘ng Rossiya aviatsiyasi rostanam IShID pozitsiyalariga zarba berayotgani aniq bo‘ldi.

“AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ba'zan keskinlashib ketadigan munosabatlar hozir ilimoqda, antagonizm umumiy manfaatlarga yo‘l bermoqda”, - xulosa qildi jurnalist.

Top