07:50 / 18.11.2015
2575

Ostonalik ikki kishi IShID safiga qo‘shilishga targ‘iboti uchun jazolandi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada yashovchi ikki kishi terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Ostona prokuraturasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz sayti.  

“Ostonaning Sariarqin tuman sudining 2015 yil 9 noyabrdagi hukmi bilan ikki nafar fuqaro shaxsiy mulki musodara qilingan holda umumiy tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida 5 yilga qamoq jazosini o‘tashga mahkum qilindi”, deyilmoqda prokuratura xabarida.  

Prokuraturada ma'lum qilinishicha, sudlanganlar 2015 yil iyulidan avgustigacha “taqfira” va “qurollangan jihod” radikal diniy aqidalari tarafdorlari bo‘lgan holda, o‘z harakatlarining jamiyatga xavf tug‘dirishi va qonunga xilofligini bilgan holda Ostona hududida IShID safiga qo‘shilishga chorlovchi radikal diniy mafkurani targ‘ibot qilgan.   

Top