00:10 / 18.11.2015
19965

O‘zbekistonda sezilgan zilzila markazi Qirg‘izistonda bo‘lgani ma'lum bo‘ldi

Bugun, 17 noyabrda Toshkent vaqti bilan 22:31 da O‘zbekistonning Qirg‘izistonga yaqin hududlari, jumladan Toshkent shahrida kuchsiz zilzila qayd etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila markazi Qirg‘izistonning O‘sh tumanida, Bishkekdan 191 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lgan. Markazdagi zilzila kuchi 6,3 magnitudani tashkil qilgan.

Toshkent seysmologik markazi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzilaning Toshkentda qayd qilingan kuchi 3 ballni tashkil qilgan.

Top