19:13 / 18.11.2015
5081

O‘zDJTUning “Amaliyot e'tirofi - 2015” anjumaniga 45 nafar talaba-jurnalist 1042ta ijodiy ish taqdim etdi

Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida “Amaliyot e'tirofi- 2015” an'anaviy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda talabalarning yozgi amaliyot natijalari sarhisob qilinib, namunali ijodiy ishlar baholandi.

Tanlovga umumiy hisobda 45 nafar talabadan 1042ta ish kelib tushgan bo‘lib, ularning 25 nafari matbuotda, 9 nafari televideniyada, 4 nafari radioda va 5 nafari OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan web-saytlarda amaliyot o‘tagan, 2 nafar talaba esa jurnalistika sohasida izlanish olib borgan izlanuvchan yoshlardir.

Konferentsiya doirasida 18 nafar eng yaxshi deb topilgan ijodiy ishlar diplom, ramziy statuetka va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Charos Omonova, O‘zDJTU talabasi

Top