11:28 / 18.11.2015
3455

Parijda aksilterror amaliyot davomida otishma sodir bo‘ldi

Parijning Sen-Deni tumani hududida o‘tkazilgan aksilterror amaliyot davomida otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Liberation nashri xabar tarqatdi.

Maxsus xizmatlarning ma'lum qilishicha, bu otishma vaqtida bir necha kishi jarohat olgan.

Qayd etilishicha, bu aksilterror amaliyoti 13 noyabr kuni amalga oshirilgan teraktlarga aloqador shaxslarni aniqlash maqsadida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijda sodir etilgan davomli teraktlar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi jarohatlangan. Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top