13:27 / 18.11.2015
5846

Qirg‘izistonda zilzila oqibatida O‘shdagi 16 bino zarar ko‘rdi

Kecha, 17 noyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida joylashgan 16 uy va ijtimoiy obektlar binolari turli darajada zarar ko‘rdi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, zararlangan ayrim uylar kapital ta'mirga muhtoj ahvolga kelib qolgan.

“Ayni paytda viloyatda yetkazilgan zararni hisoblash borasida mutaxassislar ish olib borishmoqda", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni Qirg‘iziston hududida 7 ballik zilzila sodir bo‘ldi.

Top