16:13 / 18.11.2015
3650

Qozog‘istonda qulga aylantirilgan qirg‘izistonlik ozod qilindi

Qozog‘istonning Qo‘rdoy tumanida majburiy mehnatga jalb qilinib ishlayotgan Qirg‘iziston fuqarosi ozodlikka chiqarildi. Bu haqda QR tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, 17 noyabr kuni Qirg‘iziston bosh konsulligi va qozog‘istonlik hamkasblari bilan bir necha yil davomida Qorasu fermer xo‘jaligida majburiy mehnatga jalb qilinib ishlatilayotgan fuqaroni ortga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishgan.

Konsullik yordami bilan jabrlanuvchi Almatidagi markaziy shifoxonalarda tiklanish jarayonini o‘tagan va vataniga qaytarilgan.

Top