07:19 / 18.11.2015
3223

Ukraina Yevro-2016 turniriga yo‘llanma oldi

17 noyabr kuni kechasi Yevro-2016 saralashi, pley-off bosqichining javob o‘yinlaridan o‘rin olgan ikki bahs yakunlanib, 2016 yilgi Yevropa chempionatining barcha ishtiroklari nomi aniq bo‘ldi.

Dastlab Shvetsiya safarda Daniya bilan janvogar durangga imzo chekib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yo‘llanmaga ega chiqdi.

Ukraina ham mehmonda Sloveniya bilan durang o‘ynadi. Dastlab o‘yinning 11-daqiqasidayoq Tsesar hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 7-daqiqada Yarmolenko hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Ukraina terma jamoasi ham Fransiyada o‘tadigan Yevropa chempionatiga boradigan bo‘ldi.

Sloveniya – Ukraina 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Tsesar, 1:1 – 90 Yarmolenko.
Sloveniya – Xandanovich, Ilich, Yokich, Brechko, Tsesar, Birsa (Lazarevich, 80), Krxin, Kampl, Pechnik (Ilichich, 67), Bezyak (Lyubiyankich, 68), Novakovich.
Ukraina – Pyatov, Xacheridi, Shevchuk, Fedetskiy, Rakitskiy, Stepanenko, Rybalka, Sidorchuk (Garmash, 61), Yarmolenko, Konoplyanka (Timoshchuk, 90), Seleznev (Kravets, 80).
Ogohlantirishlar: Tsesar (1), Konoplyanka (4), Yokich (25), Rybalka (32), Pechnik (38), Lazarevich (90).
Chetlatish: Brechko (90).
Birinchi o‘yin – 0:2.

Top