13:23 / 18.11.2015
3192

Xitoy eng yirik chipmeyker yaratishga 47 mlrd dollar sarflaydi

Xitoyning Tsinghua Unigroup guruhi yaqin besh yil ichida yarimo‘tkazgichlar biznesini rivojlantirishga 47 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Aytilishicha, Tsinghua Holdings davlat IT-xoldingining bo‘linmasi bo‘lmish ushbu korxonaning asosiy maqsadi yirikligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turuvchi chipmeyker yaratishdir. Ayni paytda yarimo‘tkazgichlar savdosidan olinayotgan tushumga ko‘ra kuchli uchlikni Intel, Samsung va Qualcomm tashkil qilmoqda.

Tsinghua Unigroup direktorlar kengashi raisi Chjao Veygo e'lon qilingan strategiya doirasida yaqinda AQShning yirik ishlab chiqaruvchilaridan birining aksiyalari sotib olinishini ma'lum qildi.

Top