12:49 / 18.11.2015
5549

Zlatan: Daniyaliklar meni pensiyaga chiqarishmoqchi edi. Men esa ularning o‘zini davlatiga qo‘shib pensiyaga jo‘natdim

Shvetsiya terma jamoasi Zlatan Ibrohimovich Yevro-2016 saralashi doirasida Daniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan pley-off o‘yinidan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Barchasini Daniyaga kelib hal qilganimiz zo‘r ish bo‘ldi (Yevro-2016 yo‘llanmasi - kun.uz izohi). Ular meni o‘z ko‘ngillarida pensiyaga chiqarishgandi. Men esa raqiblarni muxlislariyu davlatiga qo‘shib pensiyaga jo‘natdim.

Yevropa chempionatiga chiqish taqdirimda bor edi. Raqiblar meni qarigan va kuchsizlangan deb hisoblashayotgandi. Aslida bunday emasligini ko‘rsatib qo‘ydim", deydi Zlatan.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli ushbu futbolchi Daniya bilan o‘yinda 2ta gol urdi va jamoasining Yevro-2016 turniriga yo‘l olishini ta'minladi.

Top