16:43 / 19.11.2015
7281

Aldangan kelin o‘zining to‘y libosida marafonda ishtirok etdi

Amerikada aldangan kelin besh kilometrlik marafon masofasini to‘y libosida bosib o‘tdi, deya xabar qildi ABC News. U kuyovlikka da'vogar bilan to‘rt yildan ziyodroq vaqt avval tanishgan. Biroq nikohni qayd qilish marosimidan bir hafta oldin Manulakka sevgilisi xabar yuborib, barchasi tamom bo‘lganini ma'lum qiladi.

Kelinning do‘stlari va yaqinlari uning xafa bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmadi. Unga Florida shtatining Tamp shahrida bo‘lib o‘tadigan Color Fun Fest marafonida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ilovasini yuborishdi. Qoidaga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilariga yugurish vaqtida turli rangdagi upalar sepiladi. “Men sahifani ochib barcha fotosuratlarda ishtirokchilarning oq libos kiyganini ko‘rdim”, - dedi Manulak. Shundan so‘ng u marafonda o‘zining to‘y libosida ishtirok etishga qaror qildi. Manulakka uning dugonalari, onasi va boshqa yaqinlari ham marafonda hamrohlik qilishdi.

Avvalroq aldangan kelinning ota-onasi bekor qilingan to‘y banketiga uysizlarni taklif etgani xabar qilingan edi.

Top