22:25 / 19.11.2015
3062

Almazbek Atambayev: davlat Qirg‘iziston fuqarolari xavfsizligini ta'minlab kelmoqda va bundan keyin ham shu yo‘lda ketadi

“Davlat Qirg‘iziston fuqarolari xavfsizligini ta'minlashga majbur va bu ishni qiladi ham”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat mudofaa kengashi kotibi Temir Jumakadirov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi davlat apparati axborot bo‘limi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, kotib bilan uchrashuv paytida huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik idoralari tomonidan mamlakatda milliy chegaralar hamda strategik obektlarni himoya qilishni mustahkamlash borasida qabul qilingan chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tilgan.

Qirg‘iziston rahbarining ta'kidlashicha, mamlakatda terrorizmning oldini olish borasida yetarli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda va bu xatti-harakatlar bundan keyin ham davom etadi.

Top