17:35 / 19.11.2015
3199

AQSh Italiyani jangarilar hujumi ehtimolidan ogohlantirdi

Amerika hukumati Italiyani qidiruv ostida bo‘lgan besh nafar gumondor mamlakatda hujumlar tashkil etishi mumkinligidan ogohlantirdi, deya xabar bermoqda Reuters Italiya Tashqi ishlar vaziri Paolo Jyentiloni so‘zlariga asoslangan holda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Rimdagi Avliyo Pyotr cherkovi yoki Milandagi La Skala teatriga qaratilgan ehtimoliy teraktlar haqida ketmoqda.

“Kechagi kunga qadar maxsus xizmatlarimiz besh kishini qidirish bilan mashg‘ul bo‘lishdi”, - dedi Jyentiloni.

Bundan avval esa Vatikan Parij teraktlari sababli xavfsizlik choralarini kuchaytirgani haqida xabar qilingan edi.

Top