15:09 / 19.11.2015
2655

AQShdagi kuchli po‘rtana natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Kuchli po‘rtana (shtorm) 19 noyabrga o‘tar kechasi Amerikaning Vashington shtati hududiga kirib keldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Jumladan, Monro shahri yaqinida daraxt qulashi natijasida haydovchi vafot etgan, yana ikki ayol Spokan yaqinida daraxt ostida qolib hayotdan ko‘z yumgan.

Shtat bo‘yicha 185 ming xonadon elektr energiyasi ta'minotisiz qolgan. Noqulay ob-havo sababli shtat gubernatori Jyey Insli favqulodda holat e'lon qildi.

Vashington sharqidagi Spokan shahri okrugida kuchli shamol sababli maktablar yopildi. Mahalliy energetika kompaniyasi uch-besh kun davomida ta'mirlash ishlari olib borilishi tufayli 115 mijozining xonadonida elektr energiyasi bo‘lmasligidan ogohlantirdi.

Top