11:25 / 19.11.2015
7785

Ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan talaba qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘qon pedagogika instituti talabasi Mo‘minjon Siddiqovni diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalari mavjud materiallarni tarqatganlikda ayblab qo‘lga oldi.

12news.uz`ning respublika huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslanib xabar qilishicha, Siddiqov dastlab internetdan “jihod” va dinlararo nifoqqa da'vat qiluvchi imom Rafiq Kamolovning ma'ruzalarini o‘z telefoniga yuklab oladi.

“Keyinroq esa ijtimoiy tarmoqlardan birida o‘ziga profil ochib, diniy mavzuda ma'lumotlar qoldirishni boshlaydi. Uning bir nechta “virtual do‘stlari” o‘zlarining diniy oqimiga a'zo bo‘lishni taklif qiladi, Mo‘'minjon bunga rozi bo‘ladi. Siddiqov 10dan ziyod profil egalari bilan jihod, xalifalik ko‘rinishidagi davlat qurilishi haqida yozishmalar olib borib, jihod qilish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, bir necha profil egalari bilan o‘z guruhini kengaytirishga kelishib olishadi. U tarmoqdan tashqarida ham atrofdagilarni jihod qilish, xalifalik tashkil etishga qiziqtirishni boshlaydi. O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro Davlatjon Baratovning telefoniga diniy chiqishlar matnini yozib berib, uni o‘z safiga qo‘shilishga da'vat qiladi. Bir necha shaxslarga profillar ochib berib, “Benamozni kim deb ataymiz” deya status qoldiradi”, - deya o‘z so‘ziga yakun yasaydi agentlik suhbatdoshi.

Top