11:09 / 19.11.2015
4849

FQB IShID jangarilari yozishmalarini deshifrovka qila olmaganini tan oldi

AQSh Federal qidiruv byurosi direktori Jyeyms Komi Nyu-Yorkda o‘tgan kiberxavfsizlik bo‘yicha konferensiyadagi chiqishi chog‘ida IShID jangarilari tomonidan qo‘llanadigan kodlash metodlari idora mutaxassislarini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yganini tan oldi.

Uning so‘zlariga qaraganda, byuro ijtimoiy tarmoqlarda yollovchilarning bo‘lajak terrorchilar bilan yozishmalarini kuzatib boradi, sud orderiga ega bo‘lganida esa terrorchilarga xayrixohlik bildirayotgan foydalanuvchilarning elektron pochta qutilarini tekshiradi. Ammo birov kamikadze bo‘lish niyatini bildirishi bilan terrorchilar kodlangan platformalarga o‘tib ketadi.

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Parijdagi teraktlar xavfsizlik borasidagi milliy qonunchilikka jiddiy o‘zgartishlar kiritilishiga zamin hozirlashi mumkin. Endilikda milliy xavfsizlik fuqarolarning yozishmalarini sir saqlash huquqidan ustun qo‘yilishi mumkin. Konferentsiyada aynan shu haqda gap ketdi.

Top