01:39 / 19.11.2015
3422

Fransiya IIV Facebook va Twitter’dan “Bataklan” teatrida halok bo‘lgan suratlarini o‘chirib tashlashni talab qildi

Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatlari Fransiyaning Ichki ishlar vazirligidan Parijdagi teraktlardan keyin “Bataklan” teatrida olingan suratlarni o‘chirib tashlash haqida talab oldi, deb xabar bermoqda Le Figaro nashri.

IIV vakillari halok bo‘lganlar jasadlari aks etgan bu suratlarni “inson qadr-qimmatining qo‘pol tahqirlanishi” deb atadilar.

Bu suratlar fransuz domeni foydalanuvchilari uchun kulrang to‘siq bilan yopib qo‘yildi, biroq boshqa davlatlarda ularni asl holicha ko‘rish imkoni mavjud.

Top