09:29 / 19.11.2015
2045

Fransiyaning NRG kompaniyasi xodimlari xavf sabab uylarida qolishdi

Fransiyaning NRJ Group multimedia-kompaniyasining rahbarlari ijtimoiy tarmoqlar orqali ularga yuborilgan, 19 noyabr kuni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf sabab o‘z xodimlarini uylaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirdi. Bu haqda Liberation xabar bermoqda.

NRJ guruhi tasarrufiga Fransiyadagi mashhur radiostansiyalar —NRJ, Chérie FM, Nostalgie kiradi.
Rahbariyatning ma'lum qilishicha, xabar xazil bo‘lishi mumkin, ammo har ehtimolga qarshi ish o‘rinlariga kelmay turishni afzal bilishmoqda.

Top